Bizning kreditlar

Bizning mijozlar

Muvaffaqiyat tarixi

Foydali

Kreditni qanday rasmiylashtirish mumkin?

Bankka murojaat qiling

Bank filialiga murojaat qiling – bizning xodimimiz sizga kredit olishning barcha tafsilotlari va tartiblari to‘g‘risida zarur ma’lumot va kerakli maslahatlarni beradi.

Ariza-murojaatingizni yuboring

Kredit olish maqsadida ariza berish uchun hujjatlaringizni bankka taqdim eting. Kredit olishga doir arizangizdan kelib chiqqan holda sizga bank qarori yuzasidan ma’lumot beriladi va agar arizangiz tasdiqlangan bo‘lsa, bizning kredit bo‘yicha mutaxassisimiz sizga kredit hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonlaridan o‘tishda yordam beradi.

Kredit oling

Kredit turidan kelib chiqqan holda pul mablag‘larini naqd yoki naqd pulsiz shaklda oling.

Qanday hujjatlarni yonimizda olib yurishimiz lozim?

1

Muassasa hujjatlari

2

Moliyaviy hujjatlar

3

Ta’minot hujjatlari

Ariza-murojaatingizni qoldiring va sovg‘a sifatida biznes-rejani qo‘lga kiriting

O‘z biznesingizni rivojlantirishni
hozirdanoq boshlang!

Hali ham savollaringiz qoldimi?

Bu yerda siz foydalanuvchilarimizning eng ommabop savollariga javob topasiz.

Tanlangan kredit mahsulotiga qarab, kredit olish uchun arizani ko’rib chiqish muddati barcha kerakli hujjatlar taqdim etilganidan keyin 1 kundan 3 kungacha o’zgarib turadi.

Ha, biz ikkilamchi bozordan asosiy vositalarni xarid qilib olish uchun kredit mablag‘lari taqdim etamiz.

Bunday arizani ko’rib chiqish, agar kafil uchinchi shaxs bo’lsa, uning hisobvarag’idagi aylanma kredit mablag‘I mavjud qarzni qoplash uchun yetarli bo’lsa, buning imkoni bor.

Asosiy qarzni to’lash uchun imtiyozli davr loyiha va kredit mahsulot turiga qarab har bir qarz oluvchi uchun alohida hisoblanadi. Maksimal imtiyozli davr – 12 oyni tashkil etadi.

  • – Zargarlik buyumlari
  • – Pul mablag’lari
  • – Turar va noturar joy ko’chmas mulki
  • – Avtotransport vositalari
  • – Uchinchi tomonning kafilligi
  • – Uskunalar
  • – Ish joyidagi buyumlar
  • – kreditni qaytarmaslik xavfidan sug’urta polisi

Garov har kimga tegishli bo’lishi mumkin, garovga qo’yiladigan mol-mulkka nisbatan og’irlik va taqiqlarning yo’qligi ustuvor ahamiyatga ega.

Garov qiymati mol-mulkning bozor bahosi asosida hisoblanadi. Garov qiymati kredit miqdorining 125 foizini tashkil qilishi kerak. Garov narxini hisoblashda ob’ektning mumkin bo’lgan buzilishi ham hisobga olinadi, chegirma hajmi mulk holatiga bog’liq va 20% dan 50% gacha

“Ishonch” kredit mahsulotini garov sifatida tanlashda siz garov ta’minoti sifatida kreditni yoki muomaladagi mahsulotlarni qaytarmaslik xavfidan sug’urta polisini taqdim etishingiz mumkin. Boshqa holda esa, har qanday mulkni taqdim etishingiz mumkin. Ob’ektning holatiga qarab garovga qo’yilgan mol-mulkning qiymati bunday holatda kamida 157 million so’mdan kam bo‘lmasligi lozim.

Biz kreditlarni naqd pulsiz shaklda bo’lgani kabi naqd pul shaklida ham taqdim etamiz. Naqd shakldagi kredit mablag‘ini yakka tartibdagi tadbirkorlar 400 million so’mgacha bo‘lgan miqdorda olishlari mumkin.

Litsenziya

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bank operatsiyalari bo‘yicha 2017-yil 21- oktyabrdagi 10-sonli © 2016 AIKB “Ipak Yuli”

Bosh ofis manzili – O‘zbekiston, Toshkent sh, 100017, A.Qodiriy ko‘chasi, 2

24/7 ma’lumot xizmati:

 78 140 69 00   78 140 78 00

"Ipak Yo‘li Mobile" mobil ilovasi

Ishonch telefoni: 78 140 78 33 (9:00 dan 18:00 gacha)

Tushlik tanaffus vaqti soat 13:00 dan 14:00 gacha

Elektron pochta manzili:  info@ipakyulibank.uz

    Мы вам перезвоним

    Оставьте свой номер, и мы перезвоним вам.

    Нажимая на кнопку "Отправить заявку" вы подтверждаете своё согласие на обработку персональных данных

      Biz sizni qayta chaqiramiz

      Raqamingizni qoldiring, biz sizga yana qo'ng'iroq qilamiz.

      "Arizani yuborish" tugmachasini bosish orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga roziligingizni tasdiqlaysiz

      7STEP ishlab chiqilgan

      ISHONCH
      AFZALLIKLARI:

      Ariza-so‘rovnomani ko‘rib chiqish muddati 3 kungacha.

      Notarial rasmiylashtirish talab etilmaydi.

      Biznes-reja talab etilmaydi.

       

      Asosiy talablar:

      «Ipak yo‘li Banki» AITB filialida asosiy hisob raqamining mavjudligi

      So‘nggi 6 oy mobaynida hisob raqamiga uzluksiz ravishda savdo tushumlari kirib turganligi

      2-kartoteka bo‘yicha (fayllar shkafi) qarzdorlik yo‘qligi

      Tahlil Bank tomonidan tasdiqlangan usullardan (tadbrkorning faoliyat turi o‘rganiladi, qoldiqdagi mahsulotlar, savdo aylanmasi) kelib chiqqan holda amalga oshiriladi

      Ijobiy Kredit tarixining mavjudligi

      Mablag‘ miqdori100 mln so‘mgacha

      Muddati12 oygacha

      Kichik biznesni rivojlantirish uchun kredit
      Afzalliklari:

      Arizani ko‘rib chiqish muddati 5 kungacha.

      Istalgan biznes maqsadlarni amalga oshirish uchun shartnomalarni yo‘lga qo‘yish imkoniyati.

      Uzoq muddatga kredit olish, xarid qilib olingan mol-mulkni garov evaziga ta’minlash imkoniyati.

      Xarid qilib olingan mol-mulkni garov evaziga ta’minlash imkoniyati.

      Asosiy qarzni to’lash uchun 3 oygacha imtiyozli davrni taqdim etish imkoniyati.

      Miqdor3 mlrd. so‘mgacha

      Muddati48 oygacha

      Foiz stavkasi26%

      Garov evaziga ta’minot:

      Turar joy va noturar joy bo‘lmagan ko‘chmas mulk

      Avtotransport vositalari

      Naqd pul mablag‘lari va zargarlik buyumlari

      Uchinchi tomonning kafilligi

      Xarid qilib olingan – qo‘lga kiritilgan mol-mulk

      Express Auto
      Afzalliklari:

      Avtotransopt vositasi umumiy qiymatining 36 foizi miqdoridagi dastlabki to‘lov boshqa istalgan turdagi garov ta’minotiga almashtirilishi mumkin.

      Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun mo‘ljallangan.

      Arizani ko‘rib chiqish muddati 3 kungacha.

      Uzoq muddatga kredit olish.

      36 foizdan kam bo‘lmagan dastlabki badal yohud garov evaziga ta’minot

      Muddati48 oygacha

      Foiz stavkasi26%

      Garov evaziga ta’minot:

      Xarid qilib olingan mashina.

      Turar joy va noturar joy bo‘lmagan ko‘chmas mulk.

      Avtotransport vositalari.

      Naqd pul mablag‘lari va zargarlik buyumlari.

      Uchinchi tomonning kafilligi.

      Biznesga ko’mak
      Afzalliklari:

      Kredit uchun olingan mablag‘larni o‘z xohish istagingizga ko‘ra istalgan maqsadda foydalanish imkoniyati.

      Arizani ko‘rib chiqish muddati 3 kungacha.

      Naqd ko‘rinishda taqdim etiladi

      Miqdor40. 000 AQSh dollarigacha (Markaziy bank kursi bo‘yicha (ariza qabul qilingan kundagi) milliy valyuta ekvivalentida

      Muddati36 oygacha

      Foiz stavkasi30%

      Garov evaziga ta’minot:

      Turar joy va noturar joy bo‘lmagan ko‘chmas mulk

      Avtotransport vositalari

      Naqd pul mablag‘lari va zargarlik buyumlari

      Uchinchi shaxsning (garov turining 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan) kafilligi

      Sotib olingan mulk

      Business Express
      Afzalliklari:

      Kredit uchun olingan mablag‘larni o‘z xohish istagingizga ko‘ra istalgan maqsadda foydalanish imkoniyati.

      Miqdor300 mln. so‘mgacha

      Muddati18 oygacha

      Foiz stavkasi28%

      Garov evaziga ta’minot:

      Turar joy va noturar bo‘lmagan ko‘chmas mulk

      Avtotransport vositalari

      Naqd pul mablag‘lari va zargarlik buyumlari

      Uchinchi shaxsning kafilligi

      Biznes muddatli to‘lov
      Afzalliklari:

      Foydalanilgan va ko‘rilgan daromaddan to‘lash orqali zarur bo‘lgan pul mablag‘larini olish imkoniyati.

      Kreditni qaytarib berishning aniq jadvali bilan biznesni rivojlantirish uchun uzoq muddatga moliyalashtirish (lizing to‘lovlari) imkoniyati.

      Uch tomonlama lizing shartnomasi tuziladi va lizing ob’ekti qarz oluvchiga beriladi.

      Miqdor3 mlrd. so‘mgacha

      Muddati48 oygacha

      Foiz stavkasi26%

      Garov evaziga ta’minot:

      Uy-joy va uy-joy bo‘lmagan ko‘chmas mulk

      Avtotransport vositalari

      Naqd pul mablag‘lari va zargarlik buyumlari

      Uchinchi tomonning kafilligi (garov turining 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan)

      Xarid qilib olingan – qo‘lga kiritilgan mol-mulk

      “Ipak yo‘li” bankidan kredit olish — lokal biznesni rivojlantirishning muhim omillaridan biri

       

      Kredit olish — juda ahamiyatga molik va jiddiy masala ekanligi hech kimga sir emas. Ayniqsa, gap biznes uchun ajratiluvchi kredit mablag‘lari borasida ketganda. Bunday holatlarda kredit berish kompaniyaning iqtisodiy ahvoli (ba’zida mavjudligi ham)ga bog‘liq. Shu bois ham kredit olish uchun bank tashkilotini tanlashga o‘ta mas’uliyat bilan yondashish zarur.

      “Ipak yo‘li” banki mutaxassislari tomonidan biznes uchun ishlab chiqilgan kredit mahsulotlarining afzalliklari borasida to‘xtalib o‘tamiz. Ularning yuqori samaradorligi arizalarni (3-5 kun ichida) tezkor ravishda ko‘rib chiqishida, garov ta’minotiga qo‘yiladigan, soddalashtirilgan talablardadir. Shuningdek, bu shaxsiy menejerning doimiy ko‘magida yaqqol namoyon bo‘ladi.

      Yurtimizdagi eng ishonchli, ilg‘or va yetakchi banklardan biri bo‘lgan “Ipak yo‘li” banki biznes uchun oltita qulay va loyal kredit mahsulot turlarini taqdim etishga tayyor.

      Kichik biznesni rivojlantirishga mo‘ljallangan kreditlar. Mazkur kredit turi “Ipak yo‘li” bankiga murojaat qiluvchi aksariyat tadbirkorlarning ehtiyojlarini to‘liq qondira oladigan, eng klassik bank mahsulotidir. Kredit miqdori 3 milliard so‘mgacha bo‘lgan milliy so‘m yoki chet el valyutasida taqdim etiladi.

      Mazkur kredit kompaniyaning har qanday maqsadlarini, shartnomalarni amalga oshirishdan tortib, mol-mulk xarid qilib olishgacha bo‘lgan masalalarni hal qilish uchun garov sifatida ham beriladi. “Ipak yo‘li” bankining kichik biznes uchun juda qulay va sodda hisoblangan ushbu kredit mablag‘i 4 yilgacha bo‘lgan muddatga, to‘lovlar bo‘yicha 3 oylik imtiyozli davr uchun rasmiylashtirish imkoniyati bilan taqdim etiladi.

      Sadoqatlilik (loyalnost)

      • Ishonch — kredit olishda garov bilan ta’minlash imkoniyati yoki istagi bo‘lmagan kompaniyalar uchun sug‘urta polisi yoki muomaladagi mahsulot aylanmasi yetarli bo‘ladi. U eng to‘g‘ri qaror va eng yaxshi yechim bo‘la oladi! Mazkur kredit mablag‘ining miqdori 100 million so‘mga yetadi va 1 yil muddatgacha taqdim etiladi. Ishonch’ning asosiy afzalligi, uning demokratik jihatidir, ya’ni bunda qarz oluvchidan notarial ro‘yxatdan o‘tish va biznes reja talab qilinmaydi, faqat hujjatlarning minimal ro‘yxati talab qilinadi. Hattoki barchasi shunchalik oddiy, qulay va tezkor ekanligidan menejer yordamiga ham ehtiyoj sezmaysiz!
      • Tadbirkorlar uchun 4 yil muddatga taqdim etiluvchi Express Auto bugungi kunda eng talabgor va eng ilg‘or kredit turlaridan biri hisoblanadi. Bunday deyishimizga asos bor, chunki “Ipak yo‘li” banki har qanday transport vositalarini nafaqat birlamchi, balki ikkilamchi bozordan ham xarid qilish bo‘yicha mizojlarga o‘z xizmatini taqdim etadi!

      Express Auto yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun 4 yilgacha taqdim etiladi. Garov ta’minoti sifatida hatto xarid qilinayotgan avtomashinaning o‘zini ham qabul qilish mumkin. Avtotransport vositasi umumiy qiymatining 36 foiz miqdoridagi dastlabki to‘lov boshqa istalgan turdagi garov ta’minotiga — ko‘chmas mulk, zargarlik buyumlari, avtomobil yoki uchinchi shaxsning kafilligiga almashtirilishi mumkin.

      Demak, shoshiling, yangi avtomashinani qo‘lga kiritishingiz uchun birgina qo‘ng‘iroq yetarli, qolganini sizning o‘rningizga shaxsiy moliyaviy menejer amalga oshiradi!

      Biznesga ko‘mak krediti — bu tadbirkorning haqiqiy orzusi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Boisi u qarz oluvchining istagiga binoan naqd pul ko‘rinishida va har qanday biznes maqsadlarni amalga oshirish uchun taqdim etiladi.

      Biznesga ko‘mak — rivojlanishning dastlabki bosqichidagi kompaniyalar istiqboli uchun katta rejalarni amalga oshirishda ajoyib yechim bo‘la oladi. Mazkur kredit mahsuloti bo‘yicha olingan kredit mablag‘i 40 ming AQSh dollariga teng bo‘lib, u milliy valyutada 3 yil muddatga taqdim etiladi.

      Business Express — bu biznes uchun yana bir talabgor kredit mahsuloti. U biznesga ko‘mak kredit turi bilan juda o‘xshash va ushbu kredit mablag‘i ham kompaniyaning xohish-istagiga ko‘ra va istalgan maqsadlarni amalga oshirish uchun taqdim etiladi.

      Mazkur kredit turining biznesga ko‘makdan ajralib turuvchi asosiy farqlari:

      • kredit mablag‘larini korxonaning asosiy hisob varag‘iga o‘tkazish;
      • maksimal kreditning miqdori 300 million so‘mgacha;
      • kreditni to‘lash muddati bir yarim yilgacha.

      Asosiy vositalarni xarid qilib olish (yoki yangilash) hamda kompaniyangiz samarali rivojini ta’minlash uchun bank mutaxassislari “Biznes rassrochka to‘lovi” dasturini ishlab chiqishdi. Mazkur kredit mablag‘ini olishdan asosiy maqsad — tijorat ko‘chmas mulki, istalgan turdagi avtotransport vositasi, qishloq xo‘jaligi texnikasi, ishlab chiqarish uskunalari va maxsus texnikalar bo‘lishi mumkin.

      Biznes rassrochka to‘lovi” tarifi lizing operatsiyalari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, 3 milliard so‘mgacha bo‘lgan kredit mablag‘i 4 yil muddatga yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun taqdim etiladi.

      Shaxsiy moliyaviy menejer o‘z vaqtida qaytarish jadvali yordamida uzoq muddatli biznesni moliyalashtirish imkoniyatlari hamda to‘lovni, olingan kredit mablag‘lari hisobidan foydalanilgan texnika sarmoyasi hisobiga kreditni to‘lash imkoniyatlari to‘g‘risidagi zarur maslahat va ko‘rsatmalarni beradi.

      Tadbirkorlik faoliyati ertami-kechmi chetlab o‘tish imkonisiz, tashqaridan qo‘shimcha mablag‘ ko‘magiga ehtiyoj hosil qilishi ayni haqiqat. Qanday qilib qulay va foydali taklifni topish mumkin? Yechim juda oson! “Ipak yo‘li” bankiga +99878 140 69 00 telefon raqami orqali qo‘ng‘iroq qiling, bank filiallariga keling va zarur maslahatni oling. O‘z biznesingizni rivojlantirish uchun eng yaxshisini tanlang!

       

      Maqolaga havola

      “Ipak yo‘li” bankining kreditlari — bank mijozlarining muvaffaqiyat tarixi

      Zamonaviy jamiyatda, ishonchga sazovor bo‘lgan bankka kredit mablag‘ini olish uchun murojaat qilish holatlari hozirgi kunda birmuncha ortgan. Asosiysi – o‘zingiz uchun ma’qul bo‘lgan, biznesingizni yangi darajaga olib chiqish orqali, a’lo natijali kredit tarixini yarata olish imkonini beruvchi kredit turini tanlashdir. Hozirgi, turfa ko‘rinishdagi kredit mahsulotlari orasidan eng foydali va manfaatlisini tanlab olish unchalik qiyin emas. Shunchaki o‘z ishining ustalari bo‘lgan malakali mutaxassislarga ishonch bildirsangiz bo‘ldi!

      “Ipak yo‘li” banki o‘rta va kichik biznesga alohida e’tibor qaratgan holda, ularga real yordam ko‘rsatishni maqsad qilib qo‘ygandir. Bugungi kunda 6 ta ishlab chiqilgan kredit mahsulotlari tadbirkorlarga yangi biznes ochish bilan birgalikda, mavjud bo‘lgan biznesingiz ahvolini yaxshilash uchun ham katta imkoniyatlar yaratmoqda. Ehtimol, mushtariylarimizning aksariyati — ko‘plab mashhur restoranlar, motorollerlar ishlab chiqaruvchilari, mebel va oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi korxonalar, maktabgacha ta’lim muassasalari (bolalar bog‘chalari) va tibbiyot klinikalari — biz yuqorida e’tirof etgan u yoki bu kompaniya xizmatlari va mahsulot turidan foydalanishadi. Nima deb o‘ylaysiz, ularni o‘zaro nima bog‘lab turadi? Ularning barchasi “Ipak yo‘li”  banki mijozlaridir!

       

      Pie Republic

      Maxsus idishlardagi shirinliklari bilan mashhur bo‘lgan qahvaxona kredit olish orqali ishlab chiqarishni yanada kengaytirdi. Chunki aynan kredit tufayli olingan yangi uskunalar, xususan, maxsus muzlatkichni xarid qilib olgandan so‘nggina ushbu qahvaxonaning ishlab chiqarish salohiyati sezilarli darajada oshdi, transport xarid qilish esa mijozlarga shirinliklarni o‘z vaqtida, kechiktirmay yetkazib berishni ta’minladi. Pie Republic asoschilaridan biri, yaxshi kredit tarixini yaratish boshqa bir qator ehtiyojlar uchun ham kredit olishga imkon berganini ta’kidladi. Shu jumladan, “Ipak yo‘li” bankining bunday ko‘magi tufayligina biz hozirda, yirik supermarketlarda Pie Republic shirinliklarini bemalol xarid qilish imkoniga ega bo‘lmoqdamiz.

       

      New Star

      “Ipak yo‘li” bankidan olingan kredit tufayli mamlakatimizda New Star yuk motorollerlarini ishlab chiqarish ishi noldan boshlab yo‘lga qo‘yildi. Endilikda bu eng qulay transportning bozori juda chaqqon bo‘lib, xuddi issiq pishiriqdek qo‘lma-qo‘l sotilmoqda. Bunday transport turlari ayniqsa qishloq xo‘jaligi va chorvachilik sohalari uchun juda qulaydir. Ammo bu hali hammasi emas. Elektr skuterlari, bolalar velosipedlari hamda elektr motorollerlarini O‘zbekiston bozoriga olib chiqish noyob biznes reja yaratuvchilaridan hamkorlikning boshlang‘ich rejasidir. Mahalliy brend ostidagi bunday mahsulotlar xaridorlar uchun katta sovg‘a bo‘libgina qolmay, ularning yurtimizda ishlab chiqarilayotgani mijozlarga cheksiz faxr va iftixor tuyg‘usini bag‘ishlaydi.

       

      Little Tots

      Poytaxtdagi eng muvaffaqiyatli xususiy maktabgacha ta’lim muassasa (bolalar bog‘cha)laridan biri bu – Little Tots. 2018-yilda muassislar “Ipak yo‘li” bankidan kredit olishdi va 2020-yil sentabr oyidan boshlab, ushbu bolalar bog‘chasi o‘z faoliyatini boshladi. Bugungi kunda ushbu maktabgacha ta’lim muassasasida deyarli bo‘sh joy yo‘q. Mukammal tarzda tanlangan binolar, bolalarga turli fanlarni o‘rgatishga mo‘ljallangan shinam sinf xonalari, sport maydonchalari va hattoki maxsus “jonli burchaklar” — bularning barchasi bog‘cha tarbiyalanuvchilarining o‘z vaqtini maroqli va foydali o‘tkazishi uchun har tomonlama puxta o‘ylangan. Ta’sischilarning kelgusi istiqboldagi rejalarida esa o‘zining xususiy maktablarini ham qurishni boshlashdir. Albatta, bu safar ham muassislar kredit olish uchun bankka murojaat qilishadi.

       

      “Ipak yo‘li” banki tomonidan berilgan kreditlarni muvaffaqiyatli qo‘llashning yana ko‘plab misollari mavjud. Bugungi kunda bank biznes uchun 6 xil kredit mahsulot turlarini taklif etadi. Qanday maqsadni ko‘zlashingizdan qat’iy nazar, xususiy biznesingizni boshlash g‘oyasi paydo bo‘lganda, biror bir uskuna yoxud mashina xarid qilmoqchimisiz, hattoki mavjud kompaniyangiz aylanma mablag‘larini to‘ldirmoqchimisiz – har qanday holatda ham bank mutaxassislari siz uchun to‘g‘ri kelgan kredit turini tanlab beradi. Aynan to‘g‘ri tanlovgina sizga yaxshi kredit tarixini yaratishda, biznesingizni rivojlantirishda va uni daromadli qilishda, asosiysi, kredit qarz to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lay olishingizga yordam beradi. “Ipak yo‘li” bankining malakali moliya menejerlari yuzaga kelayotgan barcha masalalar bo‘yicha doimiy ravishda sizga o‘z maslahatlarini berib turadi, kredit rasmiylashtirishning shaffof tizimi esa sizni har qanday yo‘qotishlardan muhofaza qiladi. Bundan tashqari, har bir boshlang‘ich tadbirkorlar uchun yoqimli bonus – bankdan biznes reja sovg‘a sifatida taqdim etiladi!

       

      Siz kredit olishning qanchalik maqsadga muvofiqligi borasida fikr yuritib, orzularingiz ro‘yobini kechiktirib, ikkilanib turgan vaqtingizda boshqa ko‘plab tadbirkorlar allaqachon o‘zining muvaffaqiyatli mehnat samaralaridan unumli foydalanmoqda. Bu o‘z navbatida, xususiy biznesini boshlashni orzu qilgan har bir kishi uchun yaxshigina motivatsiya bo‘lishi kerak. Bizga +99878 140 69 00 telefon raqami orqali murojaat qiling yoki https://business-iyb.uz/ sayti orqali kredit olishni rasmiylashtirish borasida batafsil ma’lumotga ega bo‘ling.

       

      Maqolaga havola

      “Ipak yo‘li” bankidan qo‘llanma: Qanday qilib kredit olib, qarzga botmaslik mumkin?

       

      Ta’kidlash joizki, kredit olish bir necha yillardan buyon sayyoramizdagi millionlab foydalanuvchilar uchun qulay, moliyaviy yechim vazifasini o‘tab kelgan. Aynan uning ko‘magida ko‘p millionli biznes rivojlanadi — ko‘chmas mulk va avtomashinalar olinadi, universitetlar tahsili tugatiladi, texnika vositalari, zamonaviy mebel jihozlari, zargarlik buyumlari, kiyim-kechaklar xarid qilinadi. Shu bois ham siz agar kredit takliflaridan to‘g‘ri foydalana olsangiz, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bir qator yoqimsiz holatlardan va kredit tarixi buzilishidan qochishga hamda shu orqali hayotdan zavq olishga muvaffaq bo‘lasiz!

      1. O‘z ehtiyoj va imkoniyatlarimizni baholaymiz

      Kredit olish maqsadida bankka murojaat qilishdan avval, intilishlaringizni haqiqatga tatbiq etish uchun qancha mablag‘ zarur bo‘lishini aniqlab oling. Chunki “har ehtimolga qarshi”,deya ana shu yetarli miqdordan oshib ketuvchi pul mablag‘ini olmaslik kerak. Malakali mutaxassislar har doim sizning ishingiz uchun eng to‘g‘ri va eng yaxshi yechimni tanlashda yordam berishadi. Bunday hollarda faqatgina o‘z kasbining ustalari bo‘lgan, malakali mutaxassislargagina ishonishingiz mumkin.

      2. Bozor taklifini o‘rganamiz

      Duch kelgan birinchi bankdan kredit olmaslik zarur. O‘sha bank faoliyati yorqin belgi va balandparvoz shiorlar bilan e’tirof etilgan bo‘lsada, amalda buning aksi bo‘lishi mumkin. Kredit rasmiylashtirish har ikkala tomonning ham javobgarligini talab qiladi. Shu bois benuqson nufuzga ega bo‘lgan moliyaviy tashkilotni tanlashingiz lozim! Faqatgina ana shunday bankgina kutilgan natijaga erishishda va qarzga botib qolmaslikka yordam beradi.

      3. Huquq va majburiyatlarimizni unutmaymiz

      Hech bir “qora bozordagi” sarmoyador, lombard yohud bolalikdagi do‘stingiz sizga rasmiy, moliyaviy tashkilot taqdim etadigan darajadagi huquqni bera olmaydi. O‘zbekiston Respublikasi litsenziyasiga ega bo‘lgan bank har doim qonun doirasida ishlaydi. Shubhasiz, shu bois ham u mijozning ishonchiga munosibdir.

      4. Shartnomani diqqat bilan o‘rganamiz

      Har doim kredit olish va uni to‘lash shartlarini puxta o‘rganing, masalani atroflicha o‘rganmasdan turib, qog‘ozlarga imzo chekmang. Sizni qiziqtirgan savollarni berishdan tortinmang. Vijdonli bank mijozini aldashdan emas, balki uzoq muddatli hamkorlikdan manfaatdordir. Shu bois ham barchasi maksimal darajada shaffof bo‘lishi zarur.

      5. Orzularni hayotga tatbiq etish

      Istalgan natijani olish uchun zarur bo‘ladigan mablag‘ni qayerda va qachon sarflashingiz kerak? Bu boradagi xatti-harakatlaringizning ketma-ketlik rejasini tuzib oling. Aksariyat hollarda kassani aylanib o‘tgan holda, ozgina kredit pulini sarflash haqida o‘ylaymiz. Ammo bu tanlagan yo‘lingiz sizni hech qayerga olib bormaydi. Shunday ekan, rejangizdan chetga chiqmang, faqat ana shugina sizni natijaga olib boradi.

      6. Intizomni yodga olamiz

      Har doim kredit bo‘yicha to‘lovlarini kechiktirmay, o‘z vaqtida yoping, so‘nggi daqiqagacha vaqtni cho‘zmang, to‘lov mablag‘i yig‘ilib qolishiga yo‘l qo‘ymang! Kundaliklaringizga belgi qo‘ying, budilnikni sozlab qo‘ying, buxgalter yoki oila a’zolaringizdan to‘lovlar haqida eslatib turishini so‘rang. Ishoning, bu kelgusida sizning mablag‘ingiz va asabingizni sezilarli darajada tejaydi.

      “Ipak yo‘li” banki yirik, o‘rta va kichik biznes bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar uchun turli hajmdagi, 6 turdagi kredit mahsulotlarini taklif etadi. “Ipak yo‘li” bankida kredit taqdim etish borasidagi qarorlar, xizmat ko‘rsatish tizimi to‘g‘ri ishlayotgani va iste’molchilar orasida talab yuqori bo‘lganligi sababli imkon doirasida, qisqa fursatlarda ijobiy hal qilinadi. Mijoz bilan ishlashga malakali va individual yondashish professional munosabatlarning siridir. “Ipak yo‘li” banki kreditlari — bu yutuqlaringiz siri!

      “Ipak yo‘li” banki filiallariga zarur maslahat olish uchun murojaat qiling, saytga kirish orqali faqat eng yaxshi xizmat turlarini tanlang!

       

      Maqolaga havola

      “Ipak yo‘li” bankidan 300 mln so‘mgacha miqdordagi biznes-rejasiz ekspress kredit mablag‘lari

       

      Ekspress kredit sizga tovar aylanmasini qisqa fursatlarda ko‘paytirish, biznesingizni kengaytirish va qo‘shimcha foyda olish imkonini beradi. Kredit mablag‘ini olish uchun ariza 3 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqilgani bois ham ko‘p jihatdan ushbu kredit mahsuloti tezkor format turiga kiradi.

      Tadbirkorlik — dinamik jihatdan tezkor yechimlarni talab qiluvchi o‘ziga xos soha. Firma yoxud korxonangiz zudlik bilan qo‘shimcha mablag‘ga muhtoj bo‘lib qoluvchi holatlar mavjud. Masalan, mahsulot yetkazib beruvchi xomashyoga chegirma e’lon qiladi va siz hozir xarid qilib olgan mol miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, yakuniy foyda ham shuncha yuqori bo‘ladi. Yoki aksincha narxlarning ko‘tarilishi kutilmoqda: tovarlarni eski narxda xarid qilib olish va yangisiga sotish orqali tadbirkor orttirilgan marjga ega bo‘ladi.

      Bunday hollarda ekspress kreditlar yordamga keladi. Ular sizga kerakli pul mablag‘ini olishga, foydali bitim imzolashga va keyinchalik olingan daromad hisobiga bank foizlarini to‘lashga imkon beradi. Biroq odatda amaldagi biznes ko‘pincha bir qator qiyinchiliklarga duch keladi.

      • Bank tomonidan uzoq muddatda qaror qabul qilish. Qoidaga ko‘ra, arizani ko‘rib chiqish muddati bir haftadan bir oygacha o‘zgarib turadi. Shu vaqt oralig‘ida shartnoma bekor qilinishi mumkin va kutilgan foyda olinmay qoladi.
      • Qarz oluvchining aniq bir garov ta’minoti mavjud emasligi. Hamma tadbirkorda ham garov ta’minotiga aylanadigan avtomashina, ko‘chmas mulk yoki zargarlik buyumlari bo‘lavermaydi.

      “Ipak yo‘li” bankining ekspress kreditlarini ishlab chiqishda ushbu sanab o‘tilgan jihatlarning barchasi inobatga olingandir. Bunday jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi va aylanma mablag‘larning ko‘payishi daromadga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari orasida yuqori talabga ega. Bank 3 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda, bir qator kreditlar bo‘yicha arizani ko‘rib chiqadi. Hujjatlar to‘plami minimal darajada, biznes-reja va qo‘shimcha ma’lumotnomalar talab qilinmaydi.

      Ishonch: 100 million so‘mgacha, 12 oy muddatga

      Mazkur kredit turining o‘ziga xos xususiyati shundaki, tadbirkor mol-mulk, uskunalar yoxud qimmatbaho narsalarni garovga qo‘yishi shart emas. “Ipak yo‘li” banki garov ta’minoti sifatida muomaladagi tovar mahsulotlarini yoki qarzni to‘lay olmaslik xavfidan sug‘urta polisini qabul qiladi. Shunday qilib, qarz oluvchi o‘z mablag‘ini erkin tasarruf etish huquqini saqlab qoladi.

      Business Express: 300 million so‘mgacha, 18 oy muddatga

      Business Express krediti uchun mablag‘lar asosiy hisob raqamiga o‘tkaziladi. Tadbirkor kredit mablag‘ini o‘z istak va ehtiyojlariga ko‘ra sarflashi mumkin. Muammolarni qisqa fursatlarda hal qilish va maslahat berish uchun har bir mijozga shaxsiy menejer tayinlangan.

      Express Auto: yangi yoki eskirgan avtomashina xarid qilib olish uchun

      “Ipak yo‘li” banki mijozlarni xarid qilib olish yoki sotib olish joyini tanlashda cheklamaydi. Siz avtomashinani salondan ham, ikkilamchi bozordan ham xarid qilib olishingiz mumkin. Kredit mablag‘ining to‘lovi bo‘yicha xarid qilib olinayotgan transport vositasi yoki boshqa turdagi garov ta’minoti — ikkalasi ham birdek garov vositasi sifatida xizmat qilishi mumkin. Yana bir turdagi garov ta’minotini taqdim etganda esa bank dastlabki to‘lov badalisiz sizning xaridingizni 100 foiz moliyalashtiradi va siz avtomashinani shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun yoki foyda ko‘rishingiz uchun olasiz.

      “Ipak yo‘li” bank ekspress liniyasining barcha kreditlari uzoq muddatga beriladi. Bu sizga kompaniyaning oylik moliyaviy yukini kamaytirish va qulay tezlikda qarzni to‘lash imkonini beradi. Foizlar faqat asosiy qarzning qolgan miqdori bo‘yicha olinadi. Shunga ko‘ra, kreditni muddatidan oldin to‘lash bankka to‘lov summasini sezilarli kamaytiradi.

      Havolasi orqali kredit kalkulyatori ko‘magidan foydalanib, kredit mablag‘ini to‘lashning qulay jadvalini tanlab oling. +99878 140 69 00 telefon raqami orqali yoki “Ipak yo‘li ”bank filialiga qo‘ng‘iroq qilib, bank mutaxassisiga murojaat qiling va o‘z biznesingizni rivojlantirish uchun zudlik bilan pul mablag‘ini qo‘lga kiriting.

       

      Maqolaga havola